May oyining so‘nggi kunida nafaqat Yevropadagi eng nufuzli klub sovrinining egasi (eslatib o‘tamiz, finalda Milanning "Inter" va Fransiyaning "PSJ" klublari o‘zaro bellashadi) aniqlanadi, balki klublar jahon chempionatiga so‘nggi yo‘llanmani qo‘lga kiritadigan jamoa nomi ham ma’lum bo‘ladi.
Bu yo‘llanma uchun "Los-Anjeles FK" va "Klub Amerika" o‘zaro kurashadi. Ular aynan 31 may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida bir-biriga qarshi o‘ynaydi. G‘olib jamoa Angliyaning "Chelsi," Braziliyaning "Flamengo" va Tunisning "Esperans" klublari bilan bir guruhda ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, klublar jahon chempionati 14 iyun kuni boshlanadi va bir oy davom etadi.