«Santos» hujumchisi Neymar Braziliyada qolishga tayyor. TNT Sports nashri xabar berishicha, braziliyalik vinger klub bilan shartnomani uzaytiradi.
33 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yil yozigacha mo‘ljallangan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, u yana bir yilga uzaytiriladi.
Neymar «Santos» safida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va uchta golli uzatma amalga oshirdi. So‘nggi marta u 17 aprel kuni maydonga tushgan, shundan so‘ng jarohat olgan.