"Manchester Yunayted" hujumchisini "Inter"ga sotishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 17.05.2025 16:48
  • 66
  • 30

Niderlandiya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" forvardi Joshua Zirkzee Italiya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

Hujumchining xizmatlariga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" agar "neradzurrilar" Zirkzee uchun 40 million evro taklif qilishsa, uni qo'yib yuborishga tayyor.

Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 23 yoshli forvard 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Joshuaning "qizil iblislar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar