Superliga
10-tur
"Sho'rtan" – "Andijon" 1:0 (LIVE)
G'uzor. "Markaziy" stadioni. 20:30
Gol: Doniyor Narzullaev (Timur Mamasidiqov) 33'
Bosh hakam: Rustam Choriev
Yordamchi hakamlar: Akmal G'iyosov, Dilshod Jumaniyozov
Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Alisher Rahimqulov
Komissar: Vladimir Nazarov
"Sho'rtan": 1.Shoxruhjon Eshbo'taev, 3.Shoxjahon Sultonmurodov, 4.Ulug'bek Xudayberdiev, 6.Sirojiddin Qo'ziev, 8.Shahboz Nuriddinov, 10.Timur Mamasidiqov, 15.Jo'rabek Mannonov, 24.Doniyor Narzullaev, 33.Bekjon Rahmatov, 45.G'anisher Qodirov, 55.Azizbek Pirmuhammadov.
Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 5.Mirkomil Abdurazzoqov, 11.Daler Sharipov, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 21.Murodxo'ja Jabborov, 27.Choriyor Tursunqulov, 47.Asilbek Anvarov, 77.Asadbek Saitxonov, 99.Komron Saydazimov.
"Andijon": 25.Valijon Rahimov, 4.Islombek Mamatkazin, 6.Altin Kreziu, 7.Rustam Turdimurodov, 10.Ilhomjon Abdug'aniev, 11.Islam Mashukov, 14.Abdurahmon Komilov, 23.Doniyor Abdumannopov, 33.Oleg Zoteev, 66.Miomir Jurichkovich, 71.Bektemir Abdumannonov.
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Iskandar Shayqulov, 13.Sardor Azimov, 18.Damir Temirov, 22.Usmonali Ismonaliev, 70.Abbosbek Abdug'offorov, 88.Shohjahon Yorqinboev.
Ogohlantirishlar: Doniyor Abdumannopov (24), Miomir Jurichkovich (36).
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
36. Miomir Jurichkovich Qodirovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
33. GOL! Mamasidiqov jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, Narzullaevni qulay pas bilan taminladi. Doniyor qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol qildi – 1:0!
32. G'anisher Qodirov havodan kelgan to'pga astoydil intildi, ammo baland sakragan posbon Rahimov to'pni ilib oldi.
29. Narzullaev yaqin masofadan chalqancha uslubda zarba berib ko'rdi, biroq ofsayd qayd etildi.
25. Kornerlar bo'yicha "Sho'rtan" oldinda – 3:1. Biroq hozirsa bundan samara chiqmayapti.
24. Abdumannopov Pirmuhammadovga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi.
23. Zarbaaa! Bektemir Abdumannonovning chap oyoqda bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.
21. Jurichkovich "Sho'rtan" azosi uzatma amalga oshirishiga yo'l qo'ymadi.
19. "Sho'rtan" vakillari bosimiga uchragan Miomir Jurichkovich tavakkal qilib o'tirmadi va to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi.
15. Komilovning qanotdan oshirib bergan to'piga Bektemir Abdumannonov harchand urinmasin, etib borolmadi.
14. Sultonmurodovning hujumchilar tomon uzun pasi to'g'ri Rahimovga bordi.
11. Zarbaaa! Mashukovning jarima maydonchasi ichidagi zarbasini Eshbo'taev qaytardi.
10. Komilov Mamasidiqov to'pni ichkariga oshirib berishiga yo'l qo'ymadi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
8. Mashukov Turdimurodovni qulay pas bilan taminlashni istadi, biroq himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.
7. Abdumannopov o'yin epizodida Narzullaevning oyog'ini bosib oldi.
5. Pirmuhammadov o'ng qanotda Turdimurodovni fol evaziga to'xtatib qoldi.
4. Abdumannopov Pirmuhammadov bilan to'qnashib ketdi, keyinroq Doniyor uzr so'radi.
2. Qo'ziev olis masofadan zarba yo'llab, Rahimovni sinovdan o'tkazib ko'rdi.
1. Uchrashuv boshlandi!
- Chamasi 20 daqiqada chiroq yondi. Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda.
- G'uzordagi stadionda chiroq o'chib qolgani uchun o'yin boshlanishi kechikmoqda.
- Uchrashuv 20:30 da boshlanadi.