"Sumqayit" o'z uyida minimal hisobda mag'lub bo'ldi. Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Bobir Abdixoliqov 73-daqiqada zaxiraga olindi, yana bir hamyurtimiz, Jasur Jaloliddinov esa aynan o'sha daqiqada maydonga tushdi.
"Zira" va "Sabah" ushbu o'yinda o'zaro durang qayd etdi (1:1). Mehmonlar safida yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev maydonga tushirilmadi.