Xabi Alonso "Real" yulduziga chiqish eshigini ko'rsatdi

  • Mr.NoBoDy 18.05.2025 18:48
  • 87
  • 30

"Real"ni tez orada boshqaradigan ispaniyalik murabbiy Xabi Alonso kelasi mavsum uchun jamoa tarkibini shakllantirishni boshlab yubordi.

Mutaxassis "qaymoqranglilar"dan franciyalik himoyachi Ferlan Mendi bilan xayrlashishni so'ragan. Takidlanishicha, Mendi yangi murabbiyning taktik rejalariga mos kelmayapti. Uning o'rniga "Real" "Benfika"dan Alvaro Karreras yoki "Jirona"da o'ynayotgan Migel Guterresni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Ferlan Mendi 2019 yildan buyon "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda. Umumiy hisobda francuz madridliklar safida 201 ta o'yin o'tkazib, ularda 6 ta gol va 9 ta assist qayd etgan. Transfermarkt portali futbolchini 18 mln evroga baholamoqda.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar