Mirko Elichich: "Men ishlagan "Lokomotiv" bilan hozirgisining farqi juda katta"

  • Mr.NoBoDy 18.05.2025 22:24
  • 48
  • 30

Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Olimpik" (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Mirko Elichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin yaxshi o'tdi. Raqib ko'proq bosim qildi, to'p nazorati ham ular tomonida bo'ldi. Bizga tajriba etishmadi", - deb gap boshladi Elichich.  


- Ikkinchi o'tkazilgan golda darvozabon xato qildi. Uchrashuv davomida u yaxshi o'ynagandi, bu xatoga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz? 

- To'g'risi o'sha golni ko'rmadim, zaxiradan futbolchi tushirishga tayyorlanayotgandim. U yosh posbon, tajriba kam, koncentraciya etishmadi. Eng yaxshi darvozabonlar ham xato tufayli gol o'tkazishadi. Futbolda ko'p narsani millisoniyalar hal qiladi. Millisoniyaga koncentraciyani yo'qotsang xato qilasan va gol o'tkazib yuborasan. 

- 6 ta tur ortda qoldi, "Olimpik" siz kutgan futbolni namoyish etyaptimi? 

- Yigitlar o'z vazifalarini bilib olishgan. Albatta yoshlar bilan ishlashda vaqt kerak. 4 oy kam muddat. Yosh futbolchilar yanada ko'proq ishlashlari kerak. 

- "Lokomotiv"da ishlagansiz, bu jamoani yaxshi bilasiz. Hozirgi jamoa haqida qanday fikrdasiz? 

- Bu umuman boshqa jamoa. Boshqa murabbiylar shtabi. Boshqacha futbol uslubi. Men ishlagan davr bilan taqqoslab bo'lmaydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar