Superliga. "Paxtakor" Navoiydan yirik hisobdagi g'alaba bilan qaytmoqda

  • Mr.NoBoDy 18.05.2025 23:16
  • 96
  • 30

Superliga 10-tur doirasidagi "Qizilqum" - "Paxtakor" o'yini yakunlandi.

“Qizilqum” — “Paxtakor” 0:3 

Gol: 21 - Igor Sergeev, 73 - Muhammadali O'rinboev (Umar Adhamzoda), 86 - Dostonbek Hamdamov (Brayan Riaskos)

Bosh hakam: Naim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Aleksandr Burov, Shavkat Rahmatov

Zaxira hakami: Roman Irgashev

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

VAR hakami: Doston Rahmonov

AVAR hakami: Akmal G'iyosov

Komissar: Shohruh Said

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 5.Dilshodjon Komilov, 8.Shaxzodbek Rahmatullaev (7.Davron Anvarov,76), 11.Jambuli Jigauri, 15.Nikola Kumburovich, 18.Farxodbek Bekmuratov ( 22.Shahzod Turopov, 80), 23.Samandar Shukurillaev, 70.Alen Masovich, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (10.Roman Papariga,60), 88.Dushan Milich, 99.Elguja Lobjanidze

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 6.Murodali Usmonov,  9.Humoyun Abdualimov,  19.Ilxomjon Kenjaev,33.Sulton Rahmatov, 71.Asadbek Baxshilloev

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Muhammadali O'rinboev (17.Dostonbek Hamdamov, 79), 7.Xojiakbar Alijonov (77.Dilshod Saitov,46), 9.Ibrohim Ibragimov, 11.Igor Sergeev, 20.Dilshod Abdullaev, 21.Bashar Resan (94.Brayan Riaskos, 68), 22.Umar Adhamzoda, 27.Sardor Sobirxo'jaev (23.Abdurauf Bo'riev, 83), 55.Muhammadrasul Abdumajidov ( 5.Muhammadqodir Hamraliev, 83)

Zaxira: 19.Jonatan Luis,15.Diyorbek Ortiqboev, 44.Mahmudjon Mahammadjonov,  99. Ulug'bek Hoshimov

Ogohlantirish: 28 - Muhammadrasul Abdumajidov, 45+5 - Fayzullobek Jumanqo'ziev, 69 - Nikolo Kumburovich


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

90. Hakam ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi

85. GOOOL. Zaxiradan maydonga tushganlar mehmonlarning uchinchi golini yaratishdi. Riaskosdan ajoyib uzatma va Hamdamov gol urmoqda

83. Abdumajidov va Sobirxo'jaev maydoni tark etdi, ularning o'rniga Hamraliev va Bo'riev maydonga tushdi

83. Jabaning navbatdagi zarbasi noaniq ketdi

80. Bekmurodovning o'rniga Turopov tushdi

79. Hamdamov O'rinboevning o'rniga maydonga tushdi

76. O'zgarish: Rahmatullaevning o'rniga Anvarov tushdi.

73. GOOOL. Muhammadali O'rinboev hisobni o'zgartirdi. Bu erda Sergeevning harakatlarini alohida takidlab qo'yish lozim. Golga esa Umar Adhamzoda assist qildi

69. Ogohlantirish. Nikolo Kumburovich hakam tomonidan ogohlantirildi

68. Bashar Resan maydonni tark etdi. Uning o'rniga Brayn Riaskos o'yinni davom ettiradi. 

64. Elguja Lobjanidzening kuchli zarbasi noaniq chiqdi

60. Mezbonlar murabbiyi Jumanqo'zievni alishtirishga qaror qildi. Uning o'rniga Papariga tushdi

57. Komilovning aniq va kuchli zarbasini Nazarov ushlab oldi

54. Jumanqo'ziev yana qo'pollik ishlatdi, Fayzullohda sariq kartochka bor

47. Ikkinchi bo'lim boshida mehmonlar farqni oshirishlari mumkin edi. Biroq Dilshod Abdullaevning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Ikkinchi bo'lim avvalida mehmonlar safida o'zgarish. Alijonovning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi, uning o'rniga Saitov tushdi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+5. Ogohlantirish. Jumanqo'ziev Alijonovga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 4 daqiqa qo'shib berdi

44. Alijonov yana yaxshi uzatmani amalga oshirdi, bu safar Quvvatov to'pni ushlab oldi

36. Burchak to'pidan so'ng Komilov boshi bilan zarba yo'lladi, biroq noaniq

35. Mezbonlardan super hujum. Alening zarbasini Abdullaev qaytarmoqda.

32. Mehmonlar navbatdagi yaxshi hujumni tashkil qildi. Biroq Sobirxo'jaevning uzatmasiga hech kim etib kelmadi. "Qizilqum" tezkor qarshi hujumga o'tishdi. Biroq uzatmaga Lobajanidze etib kelmadi

28. Ogohlantirish. Abdumajidov hakam tomonidan ogohlantirildi

21. GOOOL. Igor Sergeev uchrashuvda hisobni ochdi. "Sherlar" hujumchisi mavsumdagi 8-golini urmoqda

20. VARdagilar ham maydondagi hakamning qaroriga qo'shilishdi. To'p oldida Igor Sergeev

19. Holatni aniqlash uchun VAR ishga kirishdi. Ko'ramiz hakamlar qanday qarorga kelar ekan?

18. Alijonov ajoyib harakat qildi va Resanga to'pni uzatdi. Iroqlik futbolchini esa raqib futbolchilari o'z jarima maydonchasida yiqitishdi. Hakam penalti belgiladi.

15. Elgujaning uzoqdan yo'llagan zarbasi juda noaniq ketdi. Undan avval Alen Masovichning zarbasini himoyachilar qaytarishgandi

12. Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyatni mehmonlar yaratishdi. Abdullaevning boshi bilan yo'llagan zarbasini mehmonlar qiyinchilik bilan qaytarishdi

8. Hozircha jamoalar hujum qilishga shoshilishmayapti. Har ikki jamoa bir birini o'rganmoqda

Uchrashuv boshlandi

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar