Argentina hukumati Amerikadagi elchixonaga 15 mingdan ortiq futbol muxlisining ro‘yxatini topshirdi. Ular 15-iyundan 13-iyulgacha AQSHda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘yinlariga kiritilmaydi.
Ro‘yxatda 15 mingdan ko‘p shaxs bor. Bu biz uchun juda muhim: Argentinadagi stadionlarda zo‘ravonlik yoki huquqbuzarlik sodir etgan hamma muxlis turnirga bora olmaydi, deydi mamlakat xavfsizlik vaziri Patrisiya Bulrix ESPN nashriga bergan intervyusida.
"Mazkur ro‘yxat “Xavfsiz tribuna” dasturi doirasida tuzilgan. Ushbu tizim Argentina stadionlariga kirishi taqiqlangan shaxslarni aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Dastur doirasida 1328 ta o‘yinda 4 milliondan ortiq muxlis tekshirildi. Natijada 1166 nafar shaxs uchrashuvlar davomida tartibbuzarlik qilgan bo‘lib, ayrimlari 40 dan ortiq ma’muriy qaror asosida stadionga kirishi taqiqlangani aniqlandi", deya qo‘shimcha qildi Bulrix.
Ma’lumot uchun, turnirda 32 ta klub ishtirokchi orasida Argentinaning “Boka Xuniors” va “River Pleyt” ham bor.