Italiyalik klub joriy A Seriyasi mavsumi yakuniga ko'ra Evropa turnirlarining birortasiga ham yo'llanma qo'lga kirita olmadi. Mavsum yakuniga bir tur qolganida jamoa chempionat jadvalida to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.
Takidlanishicha, "Milan" ECHL turniriga chiqqani uchun beriladigan 40 million evroni ololmaydi, shuningdek, guruh bosqichidagi uy o'yinlarini o'tkazishdan 15 million evro daromad qila olmaydi.
Agar milanliklarning Chempionlar Ligasidagi bu mavsumgi daromadlari taxminiy hisob-kitob qilinsa, klub umumiy 80 million evrolik daromaddan quruq qolishi mumkin.