Bundesliga 2024/25 yilgi mavsumi ramziy jamoasi elon qilindi

  • Mr.NoBoDy 20.05.2025 18:32
  • 57
  • 30

WhoScored statistik portali futbolchilarning o'rtacha reytinglari asosida Bundesliga 2024/25 yilgi mavsumining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Jamoa tarkibiga Myunxenning "Bavariya" klubidan besh nafar chempion kiritilgan. "Leypcig" futbolchilari evrokuboklarga yo'l ola bilmagan bo'lsa-da, o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatdi. Jamoada ulardan 3 nafar o'yinchi bor. Vice-chempion "Bayer"dan faqat Florian Virc ajralib turdi. Qolgan ikkita joyni "Union" Berlin va "Borussiya" Myonxengladbax futbolchilari egalladi.

Etiborlisi, bu ro'yxatga "Bavariya" va "Bayer"dan tashqari evrokuboklarga chiqqan klublar o'yinchilari kira olmadi.

Bundesliga-2024/25 ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Gulachi ("Leypcig").

Himoyachilar: Leyte ("Union"), Orban ("Leypcig"), Upamekano ("Bavariya").

Yarim himoyachilar: Simons ("Leypcig"), Musiala ("Bavariya"), Kimmix ("Bavariya"), Virc ("Bayer"), Olise ("Bavariya").

Hujumchilar: Klyayndinst ("Borussiya" Myonxengladbax), Keyn ("Bavariya").

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar