Pepe Reyna faoliyatini yakunladi: Afsonaviy darvozabon futbol bilan xayrlashdi

  • Mr.NoBoDy 20.05.2025 19:40
  • 57
  • 30

So'nggi yillarda Italiyaning "Komo" klubida o'ynagan ispaniyalik darvozabon Pepe Reyna professional faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

Bu haqda "Movistar" xabar tarqatdi.

Reyna faoliyatini "Barselona" akademiyasida boshlagan, shundan so'ng uning faoliyati Evropaning bir qator yirik klublarida, jumladan, "Vilyarreal", "Liverpul", "Bavariya", "Napoli", "Milan", "Aston Villa" va "Lacio"da davom etgan.

"Futbol haqidagi hikoyam tugamoqda. Yakuniy qaror o'tgan yilning yanvar oyida rafiqam bilan suhbatdan so'ng qabul qilingan edi. Bu obdan o'ylab qilingan va qo'shma qadam edi", – dedi 42 yoshli darvozabon.

Pepe xalqaro maydonda Ispaniya terma jamoasining "oltin avlodi"ning bir qismiga aylangan, u terma bilan uch marta yuqori pog'onaga ko'tarilgan: ikki marta Evropa chempionatida g'olib chiqqan (2008 va 2012 yillarda), shuningdek, 2010 yilda jahon chempioni bo'lgan.

Reyna joriy mavsum "Komo" libosida 12 o'yinda qatnashib, 14 ta gol o'tkazib yubordi va 2 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. U boy va shonli faoliyatini yakunlarkan, doim o'z avlodining eng hurmatli va tajribali darvozabonlaridan biri sifatida eslanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar