Unga ko'ra, O'zbekiston o'zi egallab turgan 9-o'rinda qoldi. Bu esa mamlakat chempioni Elit OCHLga, O'zbekiston kubogi sohibi esa OCHL 2'da qatnashadi degani.
Ushbu mavsum xalqaro turnirlarda Saudiya Arabistoni jamoalari eng ko'p ochkoni olishdi - 34,542. Yaponiya esa kuchli ikkinchi o'rinda qayd etildi - 27,970. Dastlabki ikki o'rinni egallagan davlat vakillariga Elit OCHLga 3tadan va OCHL 2'ga bitta yo'llanma taqdim qilingan.
Umumiy reytingning 3, 4 va 5-o'rinlaridagi Janubiy Koreya, BAA hamda Qatar mamlakatlariga Elit OCHLga 2+1 va CHL 2'ga bitta yo'llanma beriladi.
O'zbekiston, Malayziya, Avstraliya hamda Iroq mamlakatlariga Elit OCHLga ham OCHL 2'ga ham bir xilda - bittadan yo'llanma yozib qo'yilgan.