Manbaga ko'ra, Bellingem klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng operaciya qilinadi va 2025/26 yilgi mavsum boshlanishini o'tkazib yuboradi. Futbolchining tiklanishi uchun taxminan 3 oy vaqt kerak bo'ladi.
Malumot uchun, Bellingem 2023 yil noyabrida “Rayo Valekano”ga qarshi o'yinda elkasini chiqarib yuborgan va shundan beri vaqti-vaqti bilan himoya vositasidan foydalanadi.
21 yoshli Jud Bellingem joriy mavsumda “Real” safida 51 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.