Rodrigoga Angliyadan xaridor chiqdi

  • Mr.NoBoDy 20.05.2025 22:40
  • 72
  • 30

"Chelsi" transfer oynasi ochilishi bilan Rodrigo bo'yicha "Real"ga taklif kiritishi mumkin

"Chelsi" "Real" hujumchisi Rodrigo bilan bog'liq vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda va yozgi transfer oynasi ochilishi bilanoq uni o'z safiga qo'shish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Goal xabar bermoqda.

Manba malumotiga ko'ra, hozircha London klubi "Real" bilan rasmiy muzokaralarni boshlamagan, biroq 24 yoshli futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan.

Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida Rodrigoning "Real"dagi o'z rolidan qoniqmaganligi va "Qirollik klubi"ni tark etish haqida o'ylayotgani to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda Rodrigo barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 10 ta gol uzatmasi berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. .

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar