De Bryuyne, Doku, Lukaku va yana bir qator futbolchilar Belgiya terma jamoasining JCH saralash o‘yinlariga chaqirildi

  • Mr.NoBoDy 20.05.2025 22:55
  • 60
  • 30

Belgiya terma jamoasining iyun oyidagi jahon chempionati saralash bahslari uchun tarkibi e’lon qilindi.

Bosh murabbiy Rudi Garsiya qaydnomaga 26 nafar futbolchini kiritdi.

Darvozabonlar: Tibo Kurtua («Real»), Mats Zels («Nottingem Forest»), Sen Lammens («Antverpen»), Marten Vandevordt («RB Leypsig»);

Himoyachilar: Zeno Debast («Sporting»), Maksim de Keyper («Bryugge»), Koni de Vinter («Djenoa»), Vaut Fas («Lester»), Brandon Mexele («Bryugge»), Toma Menye («Lill»), Diyegu Moreyra («Strasbur»), Artyur Teate («Ayntraxt»);

Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Jorti Mokio («Ayaks»), Amadu Onana («Aston Villa»), Nikolas Raskin («Reyndjers»), Yuri Tilemans («Aston Villa»), Xans Vanaken («Bryugge»);

Hujumchilar: Sharl de Ketelare («Atalanta»), Jeremi Doku («Manchester Siti»), Malik Fofana («Lion»), Romelu Lukaku («Napoli»), Dodi Lukebabio («Sevilya»), Loi Openda («RB Leypsig»), Aleksis Salemakers («Roma»), Leandro Trossard («Arsenal»).

Belgiya terma jamoasi navbatdagi yig‘inda JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan ikkita o‘yinni o‘tkazadi - Shimoliy Makedoniya va Uelsga qarshi. O‘yinlar 6 va 9-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar