Oldinroq tarqalgan malumotlarga ko'ra, Birmingem klubi moliyaviy feyr-pley qoidalari sababli bir qancha futbolchilarini sotishga to'g'rikeladi. Jamoa posboniga Saudiya Arabistonidan ham qiziqishlar bor.
Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, Martines "Manchester Yunayted" va "Atletiko" qiziqishlari doirasida. Chunki darvozabonning yozda jamoadan ketishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan.
"TalkSPORT"ning yozishicha, Emiliano Evropada qolishni afzal ko'rgan. "Aston Villa" esa 2029 yilgacha shartnomasi bor posbonini 40 mln funtga sotishga tayyor turibdi.