Jurnalist Florian Plettenberg o'zining X sahifasida xabar berishicha, Saudiya Arabistoni klublari urugvaylik hujumchi Darvin Nunesga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, “Liverpul“da yana ikki hujumchisi bo'yicha ham taklif bor. Yozda portugaliyalik Diogu Jota va kolumbiyalik Luis Dias jamoani tark etishi mumkin.
Luis Dias joriy mavsumda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan, Darvin Nunes 46 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Diogo Jota 36 uchrashuvda maydonga tushib, 9 marta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.