Ayollar futbolini rivojlantirish bo‘yicha 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan strategiya taqdim etildi

  • Mr.NoBoDy 21.05.2025 10:05
  • 54
  • 30

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2025–2029-yillar uchun mo‘ljallangan ayollar futbolini rivojlantirish strategiyasining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘FA rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot davomida ayollar futboli yo‘nalishida amalga oshiriladigan asosiy strategik maqsad va yo‘nalishlar, jumladan, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, futbol infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro musobaqalardagi ishtirok, hamda ommaviylikni oshirish bo‘yicha rejalar e’lon qilindi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov o‘z nutqida ushbu strategiyaning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi:

“Ayollar futbolini rivojlantirish O‘FA faoliyatidagi eng muhim yo‘nalishlardan biridir. 2029-yilda mamlakatimiz mezbonlik qiladigan ayollar Osiyo kubogiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va ushbu davr mobaynida sohani har tomonlama isloh etish maqsadida strategik reja ishlab chiqildi. Avvallari assotsiatsiyada Ayollar futbolini rivojlantirish bo‘limi mavjud bo‘lmagan, sohada lider ayollarni ko‘paytirish maqsadida Yuliya Panina, Maftuna Zakirova singari o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan mutaxassislar bilan birga ishladik. Ular o‘tgan vaqt davomida ayollar futboli bo‘yicha xalqaro musobaqalar, hakamlik va murabbiylik sohalarida FIFA va OFK bilan hamkorlikda ko‘plab loyihalarni amalga oshirishdi.

Quvonarli tomoni shundaki, so‘nggi yillarda ayol komissarlarimiz soni ortmoqda. Xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, o‘z tajribalarini boyitib kelishmoqda. Ayollar futboli bo‘limi mutaxassislari esa har qanday turnirni yuqori saviyada tashkil etish imkoniyatiga ega”, dedi O‘FA birinchi vitse-prezidenti.

Mazkur strategiya asosida kelgusi besh yillikda ayollar futbolining turli bosqichlarda rivojlanishini ta’minlash, xususan, klublar futboli darajasini oshirish, sport maktablari, akademiyalar va boshqa tashkilotlar orqali ommaviy futbolda qizlar va ayollarning ishtirokini kengaytirish, xalqaro tajribalarni joriy etish hamda sportchilarimizni yirik musobaqalarga puxta tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar