Fransiya terma jamoasining Millatlar ligasi hal qiluvchi o‘yinlari uchun qaydnomasi e’lon qilindi

  • Mr.NoBoDy 21.05.2025 17:55
  • 81
  • 30

Kilian Mbappe va Usmon Dembele Fransiya terma jamoasining navbatdagi FIFA kunlari qaydnomasiga kiritilgan.

Fransiya Millatlar Ligasi yarim finalida 5 iyun kuni Ispaniya bilan o‘ynaydi. O‘yin g‘olibi 8 iyun kuni Germaniya - Portugaliya juftligi g‘olibi bilan sovrin uchun maydonga chiqadi.

Darvozabonlar: Mayk Menyan («Milan»), Bris Samba («Lans»), Lyuka Shevalye («Lill»);

Himoyachilar: Lyuka Din («Aston Villa»), Teo Ernandes («Milan»), Ibraima Konate («Liverpul»), Loik Bade («Sevilya»), Malo Gyusto («Chelsi»), Lyuka Ernandes («PSJ»), Pyer Kalulu («Yuventus»), Benjamen Pavar («Inter»), Kleman Langle («Atletiko»);

Yarim himoyachilar: Matteo Genduzi («Lasio»), Kuadio Kone («Roma»), Adriyen Rabyo («Marsel»), Uorren Zair-Emeri («PSJ»), Orelyen Tchuameni («Real»);

Hujumchilar: Bredli Barkolya, Usman Dembele, Randal Kolo-Muani, Dezire Due (barchasi – «PSJ»), Maykl Olise («Bavariya»), Markus Tyuram («Inter»), Rayan Sherki («Lion»), Kilian Mbappe («Real»).

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar