London klubi Braziliya terma jamoasining 24 yoshli futbolchisini xarid qilish masalasini jiddiy ko'rib chiqayotgani haqida Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Rodrigo yozda "Real"ni tark etishi mumkin va "Arsenal" bilan muzokaralar allaqachon boshlangan. Bitim juda murakkab hisoblanadi, biroq "to'pchilar" barcha imkoniyatlarni sinchiklab o'rganmoqda.
Rodrigo joriy mavsumda La Liganing 30 ta o'yinida ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.