Turnirning final o'yini bugun Bilbaoda bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.
El Diario Vasco xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" muxlislari o'rtasidagi to'qnashuv seshanba kechqurun Bilbaodan bir soatlik yo'lda joylashgan San-Sebastyanda sodir bo'lgan.
Guvohlarning so'zlariga ko'ra, mojaro muxlislar guruhlari o'rtasida baland ovozda suhbat va o'zaro haqoratlar bilan boshlanib, ulardan biri raqib jamoa muxlisini urgandan so'ng mushtlashuvga aylangan. Xabarlarga ko'ra, janjal davomida muxlislar ko'chadagi stol va stullar, stakanlar va chiqindi qutilaridan foydalangan.
Xabar qilinishicha, voqea joyiga etib kelgan policiya vaziyatni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo'lgan. Bir necha jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatilgan, ammo ulardan hech biri shifoxonaga yotqizilmagan.