Grigoriy Kolosovskiy: "G'alaba bor, lekin guruh bosqichida to'xtadik"

  • Mr.NoBoDy 21.05.2025 22:40
  • 60
  • 30

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy fikrlarini bildirdi.

"Bugun raqibni 2 ta to'p farqi bilan yutish vazifasini turgandi. Hammasini "Buxoro" bilan o'yin hal qildi, o'shanda mag'lub bo'lgandik. Bugun ustunlikni qo'lga olgan bo'lsakda gol urish uchun etarli bo'lmayapti. Ha, bugun g'alaba qozondik. Lekin guruhdan chiqa olganimiz yo'q. "Bunyodkor"ni guruhdan chiqqani bilan tabriklayman. Raqib safida bir necha nafar yoshlar o'ynadi. Bizning yigitlar ham kurashishdi. Umumiy fonda yaxshi o'yin bo'ldi, deb o'ylayman. Bellashuv muxlislarga manzur keldi",- deydi Grigoriy Kolosovskiy. 


- Jamoa oldiga kubokda malum bir vazifa qo'yilganmidi?

- Albatta. Oldimizda guruhdan chiqish maqsadi bor edi. Afsuski, buni uddalay olmadik. Pro ligada etakchimiz, favoritmiz. U erda ham hamma kurash taqdim qilyapti. O'yinlar qiziqarli o'tyapti. Birinchi va ikkinchi o'rin o'rtasida katta farq yo'q. Kubokda ham shunday kurash. 

- Siz har doim hujumdagi muammolar haqida gapirasiz. Bu mahoratsizlikmi yoki tajribasizlikdan?

- Har bir o'yinda ko'plab golli vaziyatlarga ega bo'lyapmiz. Agar birinchi bo'limda hamma vaziyatlar gol bilan tugaganida balki o'yin oxiri oddiyroq o'tardi. Realizaciyada oqsayapmiz. Ishlashda davom etamiz. "Bunyodkor" ham yaxshi qarshilik ko'rsata oldi. 


- O'yinga tayyorgarlik jarayonida raqibning qanday nozik jihatlariga etibor bergandingiz?

- Buni men etika tomondan izohlay olmayman. Raqib murabbiyi kelsa javob berishi mumkin. Biz mazkur bahsga jiddiy yondashdik. Qiyin bo'lishi kutilgandi. Oxirini o'zingiz ko'rdingiz. Zaxiralar amalga oshirdik. Hamma jabhalarda raqibni o'rganganmiz. G'alaba lekin guruhdan chiqa olganimiz uchun xulosa qilishimiz kerak. Mavsum hali uzoq.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar