Ronalduning fitnes-brasleti uning biologik yoshi 29da ekanini ko'rsatdi: "Demak, yana 10 yil o'ynayman"

  • Mr.NoBoDy 21.05.2025 15:56
  • 81
  • 30

Krishtianu Ronaldu futbolda yana 10 yil o'ynashini aytdi.

40 yoshli "Al-Nasr" hujumchisi buni Whoop texnologiya kompaniyasining podkastida aytdi, ushbu kompaniya fitnes-trekerlar va sog'liqni monitoring qilish qurilmalariga ixtisoslashgan.

Ronalduning fiziologik malumotlari o'lchandi: yurak urishi tezligi, yurak ritmi o'zgarishi va boshqa ko'plab ko'rsatkichlar, shuningdek, uning yuklanishi, tiklanishi va uyqusi haqida malumotlar taqdim etildi.

"Hammasi shunchalik yaxshi ekaniga ishonmayman... 28,9 yosh. Bu men yana 10 yil futbol o'ynayman degani", – dedi Whoop ambassadori bo'lgan Krishtianu Ronaldu.

Kompaniyaning takidlashicha, ushbu fitnes-braslet professional darajadagi texnologiya bo'lib, 140 dan ortiq ko'rsatkichni kuzatish imkonini beradi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar