London klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchining tizzaosti payida jarohat aniqlangan.
Saliba APLning 37-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi o'yinda (1:0) jarohat oldi. Birinchi bo'limdayoq futbolchi o'zini noqulay his qildi va tanaffusda almashtirildi. "Arsenal"ning tibbiy jamoasi tiklanish uchun kamida bir necha hafta vaqt ketishini tasdiqladi. Shu tariqa himoyachi Franciya terma jamoasining iyundagi o'yinlarida qatnashmaydi.
Dide Desham shogirdlari 5 iyun kuni "MXP-Arena"da Millatlar Ligasi yarim finalida Ispaniyaga qarshi o'ynaydi. Franciyaliklar g'alaba qozonsa, finalda Germaniya-Portugaliya juftligi g'olibi bilan ro'baro' keladi. Final 8 iyun kuni "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadi.