Unga ko'ra sovrin "Tottenxem" himoyachisi Kristian Romeroga topshirildi. Ushbu turnirda argentinalik futbolchi 7 o'yinda qatnashib, 1ta assist qayd etdi. Shuningdek, u "Manchester Yunayted"ga qarshi final o'yinida ham eng yaxshi futbolchi sifatida etirof qilingandi.
Shuningdek, Evropa ligasida mavsum ramziy termasi ham tuzildi.
Darvozabon: Gulelmo Vikario ("Tottenxem");
Himoyachilar: Fredrik Berkan ("Bude-Glimt"), Robin Kox ("Ayntraxt"), Kristian Romero, Pedro Porro (ikkisi ham "Tottenxem");
Yarim himoyachilar: Kazemiro, Brunu Fernandesh (ikkisi ham "Manchester Yunayted"), Patrik Berg ("Bude-Glimt");
Hujumchilar: Niko Uilyams ("Atletik"), Dominik Solanke ("Tottenxem"), Rayan Sherki ("Lion").