"Inter Mayami" MLS muntazam chempionatida safarda "Filadelfiya" bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
Mehmonlar safida Tadeo Alyende, Lionel Messi va Telasko Segoviya o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mezbonlar safida gollarga Kuinn Salivan va dublga erishgan Tay Baribo mualliflik qildi.
Ushbu o‘yindan so‘ng "Inter Mayami" 23 ochko bilan Sharqiy konferensiyada oltinchi, "Filadelfiya" 30 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.