Ten Xag top klubga bosh murabbiy bo'lmoqda

  • Mr.NoBoDy 25.05.2025 12:08
  • 126
  • 30

"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag "Bayer" ustoziga aylanadi, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Manbaga ko'ra, kelishuv 2027 yil iyuniga qadar mo'ljallangan bo'lib, dushanba kuni shartnoma imzolanadi.

"Bayer" joriy mavsum yakunlangach, Xabi Alonso bosh murabbiylikdan ketishini elon qildi.

Ten Xag MYUni tark etganidan so'ng 2024 yil oktyabr oyidan beri ishsiz yuribdi. U Manchester klubi bilan Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogini qo'lga kiritdi.

Ўхшаш янгиликлар