Ayni paytda O'tkir Yusupov va Oston O'runov sport formasini saqlab qolish maqsadida Toshkentda "Lokomotiv" jamoasi safida mashg'ulot olib bormoqda. Qolgan legionerlar haqida avvalroq malumot berib o'tgan edik. Etibor qaratish lozim bo'lgan asosiy jihat — qolgan futbolchilarning terma jamoaga qachon qo'shilishi.
"Paxtakor" jamoasi bugun, 25 may kuni "Xorazm"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvdan so'ng futbolchilarga qisqa tanaffus berilib, 29 may kuni terma jamoa lageriga etib kelishlari kutilmoqda.
Xojiakbar Alijonov
Abdulla Abdullaev
Abdurauf Bo'riev
Igor Sergeev
"Nasaf" 11-tur uchrashuvini o'tkazib bo'ldi va endi ular 27 may kuni Superkubok bahsida "Andijon"ga qarshi maydonga tushadi. Demak, bu klub futbolchilari terma jamoaga ushbu uchrashuvdan so'ng qo'shiladi.
Umar Eshmurodov
Akmal Mozgovoy
G'olib G'aybullaev
Sherzod Nasrullaev
Zafarmurod Abdirahmatov
Abduvohid Nematov
"Neftchi" jamoasi 24 may kuni "Sho'rtan"ga qarshi so'nggi o'yinini o'tkazdi. Ular oldindagi kunlarda boshqa uchrashuvda maydonga chiqmaydi, shuning uchun jamoa azolari 29 may kuni terma jamoaga etib kelishadi.
Farruh Sayfiev
Botirali Ergashev
Ibrohimhalil Yo'ldoshev
Jamshid Iskanderov
"Navbahor" safidagi Ruslanbek Jiyanov bugun, 25 may kuni "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda qatnashgach, 29 may kuni terma jamoa yig'iniga qo'shiladi.
Yarim himoyadagi muhim figuralardan biri — Odil Hamrobekov esa 26 may kuni "Bunyodkor" bilan "Mashal"ga qarshi to'p tepib, 29 mayda terma jamoaga kelishi rejalashtirilgan.
Abbos Fayzullaev (CSKA)
Husniddin Aliqulov ("Rizespor")
Aziz Turg'unboev ("Sivasspor")
Ushbu uch futbolchi o'z jamoalarida 1 iyun kuni mavsumni yakunlab, 2 iyun kuni terma jamoaga etib kelishlari kutilmoqda.