"Milan" Reyndersning narxini "Manchester Siti"ga malum qildi

  • Mr.NoBoDy 25.05.2025 16:24
  • 75
  • 30

"Manchester Siti" "Milan" bilan niderlandiyalik xavbek Tijani Reynders transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda jurnalist Danele Longo yozmoqda.

Qayd etilishicha, "shaharliklar" futbolchi uchun 65 mln evro berishga tayyor. Bu esa Italiya jamoasi bosslarini qoniqtirmaydi. "Rossonerilar" Reynders uchun kamida 75 mln evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

"Milan" va Tijani Reynders 2023 yilning yozida mehnat shartnomasini imzolagandi. Bu mavsumda yulduz niderlandiyalik 53 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.

Ўхшаш янгиликлар