Bir qator chet el chempionatlarida ishtirok etayotgan o'zbekistonlik futbolchilar uchun mavsum yakunlandi. Ular orasida alohida takidlash lozim bo'lgan natijalardan biri Bangladesh Premer-ligasida kuzatildi.
Mazkur chempionatda to'p tepgan hamyurtimiz Muzaffar Muzaffarovning "Mohammedan" jamoasi 2024/25 yilgi mavsumda chempionlikni qo'lga kiritdi. Bu yutuq klub tarixidagi katta voqea hisoblanadi — “Mohammedan” 22 yildan so'ng ilk marta chempionatning bosh sovrinini qo'lga kiritdi.
Muhimi, mazkur yutuqda o'zbekistonlik futbolchining ham hissasi katta bo'ldi. Muzaffar Muzaffarov mavsum davomida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 7 ta golli pas (assist) muallifiga aylandi.