
"Napoli" Allegriga bir mavsum uchun 6 million evro taklif qilishi mumkin
- Mr.NoBoDy 25.05.2025 17:16
- 78
- 30
Agar Antonio Konte "Napoli" bosh murabbiyligidan ketsa, klub rahbariyati Massimiliano Allegriga ikki yillik shartnoma va har mavsum uchun 6 million evro maosh taklif qilmoqchi.
"Yuventus" va "Milan" sobiq ustozi Allegri "Napoli"da Kontening o'rniga asosiy nomzod bo'lib turibdi, uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Allegri "Yuventus"da 2014 yilda ham Kontening o'rnini egallagandi.
"Napoli" 2024/25 yilgi mavsumda A Seriyada g'olib chiqdi.
Ўхшаш янгиликлар