"Manchester Yunayted" 60 mln funtlik transferni amalga oshirishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 06.06.2025 19:56
  • 87
  • 30

"Manchester Yunayted" Brian Mbemo xaridi bo'yicha taklifni yaxshiladi.

Avvalroq, "Brentford" mankunianliklarning 45+10 million funtlik ilk taklifini rad etgandi.

ESPN xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted"ning ikkinchi taklifi 60 million funtdan ko'proqni tashkil qiladi. Klub bitimni tezda yopishga harakat qilmoqda.

Brian Mbemo o'tgan mavsum APLning 38 ta o'yinida 20 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Oldinroq, mankunianliklar Mateus Kunyani "Vulverxempton"dan 62,5 mln funtga sotib olgan edi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar