CSKAni boshqarish uchun ikkita nomzod bor

  • Mr.NoBoDy 09.06.2025 08:08
  • 57
  • 30

Rossiyalik mutaxassis Igor Osinkin va Greciya AEKni tark etgan Matias Almeyda Moskvaning CSKA jamoasi bosh murabbiyligi uchun ikki asosiy davogar sanaladi.

Yaqin ikki kun ichida CSKA Marko Nikolichning AEKga ketishini elon qiladi. Yangi murabbiy kelasi hafta oxirigacha klub direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Matias Almeyda CSKA bosh murabbiyligiga nomzodi haqida avvalroq Sport-Ekspress xabar bergan edi. Argentinalik mutaxassis Greciya AEKni 2022 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Igor Osinkin shartnomasi muddati tugashi munosabati bilan 27 may kuni “Krylya Sovetov” bosh murabbiyi lavozimini tark etgan edi.

Avvalroq Marko Nikolich AEK bilan kelishuvga erishgani va faoliyatini Greciyada davom ettirishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar