Superligadagi navbatdagi istefo. Nikola Lazarevich "Qizilqum"dan ketdi

  • Mr.NoBoDy 09.06.2025 13:16
  • 69
  • 30

Superligada birinchi davra yakuniga bir nechta tur qolganda "Qizilqum" jamoasida murabbiy almashinuvi yuz berdi.

Serbiyalik mutaxassis 2024 yil dekabrida "Qizilqum" jamoasiga ikkinchi bor bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Ammo jamoadagi bu safargi sarguzashti uzoqqa cho'zilmadi — u Superliganing joriy mavsumida 11 turdan so'ng lavozimini tark etdi. Hozirgi paytda navoiyliklar turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 11 ochko jamg'argan — 3 ta g'alaba, 2 ta durang va 6 mag'lubiyat.

Qayd etish joiz, o'tgan hafta 4-turdan qoldirilgan uchrashuvda "Qizilqum" o'z maydonida "Xorazm"ga yirik — 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar