Joriy mavsum boshida "Qizilqum" bilan shartnomasini uzaytirgan gruziyalik hujumchi Elguja Lobjanidze oilaviy muammolari sababli jamoani tark etdi. Klub rahbariyati u bilan do'stona xayrlashdi. Futbolchi 2025 yil navoyliklar libosida Superligada 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.
Transfermarkt portali uning narxini 250 ming evroga baholagan.