Mazkur uchrashuvni O'zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanec stadiondan bevosita stadiondan kuzatadi. Sloveniyalik mutaxassis ayni paytda Toshkentda bo'lib turibdi.
Malumot uchun, Katanec 2021-2024 yillarda "oq bo'rilar"ga ustozlik qilgan. Uning qo'l ostida vakillarimiz 42 ta o'yinda 26 g'alaba, 8 durang, 8 mag'lubiyat qayd etdi. To'pplar nisbati esa 83-38 ko'rinish oldi. Murabbiy sog'lig'idagi muammolar sabab yanvar oyida terma jamoa bilan xayrlashgandi.
BAA bilan o'yindan so'ng Jahon chempionati yo'llanmasi qo'lga kiritilgani munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko'ra Srechko Katanec "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlangan edi.