Braziliya terma jamoasi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va mundialni hech qachon o‘tkazib yubormagan yagona terma jamoa bo‘lib qolmoqda.
11 iyunga o‘tar kechasi braziliyaliklar JCH-2026 saralash turniri doirasida o‘z maydonida Paragvayni mag‘lub etishdi.
Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi va yagona gol Vinisius tomonidan kiritildi. Bu g‘alaba braziliyaliklarga o‘z tarixlarida 23-marta bo‘ladigan jahon chempionati yo‘llanmasini kafolatladi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda 20 marta turnirning final bosqichida ishtirok etgan Germaniya terma jamoasi bormoqda.