Avvalroq Polsha termasi hujumchisi Robert Levandovski Probej boshchilik qilayotgan paytda terma jamoada o'ynamasligini aytgandi. 36 yoshli forvard murabbiy undan sardorlik bog'ichini olib qo'ygach, shunday qarorga kelgan.
"Hozirgi vaziyatda terma jamoa manfaati uchun eng to'g'ri qaror murabbiylikdan ketishim bo'ladi degan xulosaga keldim. Polsha terma jamoasida ishlash menga professional orzumni ro'yobga chiqarishga imkon berdi, bu eng katta sharaf", – dedi Probej.
10 iyun kuni polshaliklar JCH-2026 saralash bahsida Finlyandiya terma jamoasiga (1:2) imkoniyatni boy berdi. Polsha termasi 3 o'yindan keyin "G" guruhida 6 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
Probej 2023 yilning sentyabridan buyon Polsha terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida terma jamoa 21 o'yin o'tkazib, 10 ta g'alaba, 7 ta mag'lubiyat va 4 ta durang qayd etgan.