"Barselona" murabbiylar shtabida ishlayotgan murabbiy Xulio Tous zamonaviy futboldagi yuklamalar haqida gapirdi.
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalar yangi mavsum davomida yig‘ilib qolgan charchoq tufayli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin.
"Zamonaviy futbolda har yili o‘tkaziladigan turnirlar soni juda ko‘p. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirokchilariga yangi mavsumda muammolarga duch kelmaslik uchun yuklamalarni taqsimlash bo‘yicha juda puxta ishlab chiqilgan reja kerak bo‘ladi," - deya Tousning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirokchilari orasida yo‘q.