Yakuniy ro'yxatdan 28 nafar futbolchi joy olgan. Shuningdek, Liam Delap, Dario Essugo va Mamadu Sarr kabi yangi o'yinchilar qaydnomaga kiritilgan.
Tarkibga kiritilmagan futbolchilar: Jorje Petrovich, Rahim Sterling, Joau Feliks, Aksel Disasi. "Chelsi"ning faqat 1 nafar futbolchisi ijaradan keyin Klublar o'rtasidagi JCHga boradi. Bu – Andrey Santos.
2025 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionati 13 iyun kuni AQSHda boshlanadi.
"Ko'klar"ning musobaqadagi yurishi 16 iyun kuni Atlantada "Los-Anjeles"ga qarshi o'yin bilan boshlanadi. "Chelsi" keyingi ikki o'yinni Filadelfiyada 20 iyun kuni "Flamengo"ga qarshi va 24 iyun kuni "Esperans"ga qarshi o'tkazadi.
"Chelsi"ning AQSHdagi mundialga yo'l oladigan tarkibi: