"Inter Mayami" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun qaydnomani e’lon qildi.
Turnir 14 iyundan 13 iyulgacha AQSHda bo‘lib o‘tadi. Floridaliklar dastlabki o‘yinni 15 iyun kuni Misrning "Al-Ahli" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
"Inter Mayami"ning qaydnomasi quyidagicha:
Darvozabonlar: Dreyk Kellender, Rokko Rios, Oskar Ustari, Uilyam Yarbro;
Himoyachilar: Jordi Alba, Noa Allen, Tomas Aviles, Israel Boutrayt, Maksimiliano Falkon, Ien Frey, Gonsalo Luxan, Tayler Xoll, Ektor Martines, Rayan Seylor, Marselo Veygandt;
Yarim himoyachilar: Yannik Brayt, Serdji Buskets, Benxa Kremaski, Santyago Morales, Federiko Redondo, Baltasar Rodriges, David Ruis, Telasko Segoviya;
Hujumchilar: Leo Afonso, Tadeo Alyende, Lionel Messi, Allen Obando, Fafa Piko, Luis Suares.