Musobaqada SQBdan tashqari Tojikiston Respublikasidan ikki jamoa – chempion "Soro" hamda "Sipar", Qirg'iz Respublikasidan "Kant", Qozog'istondan "Turon" va Erondan "Alp Laxichan" jamoalari ishtirok etdi.
Jamoa musobaqaning guruh bosqichida Tojikiston chempioni "Soro" futzal klubi hamda Qirg'iz Respublikasining "Kant" jamoalari bilan kuch sinashdi va guruhda birinchi o'rinni egalladi.
Reglamentga muvofiq guruhda g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar finalda kuch sinashishlari kerak edi.
Finalda SQB parket egalari Xo'jandning "Sipar" klubi bilan ro'baro' keldi. Asabiy tarzda o'tgan uchrashuvda jamoa 3:2 hisobida g'alaba qozondi.