Holand izidan: "Manchester Siti" norvegiyalik vunderkind bilan shartnoma imzolashga yaqin

  • Mr.NoBoDy 12.06.2025 14:24
  • 75
  • 30

"Manchester Siti" "Rusenborg" bilan yarim himoyachi Sverre Nyupan transferi bo'yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, "shaharliklar" futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishi kerak. Agar kelishuv amalga oshsa, bu Norvegiya chempionati tarixidagi eng yirigi bo'ladi. "Manchester Siti" bitim imzolaganidan so'ng futbolchini 1 mavsumga ijaraga berishi kutilmoqda.

18 yoshli Nyupan "Rusenborg"ning asosiy jamoasi safida 70 o'yin o'tkazib, 14 ta gol urgan. Nyupan o'tgan mavsum jamoa tarkibida 10 o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritgan. Uning hozirgi narxi 12 million evroga baholanmoqda.

Agar Nyupan "Manchester Siti"ga o'tsa, u bu klub sharafii himoya qilgan norvegiyalik uchinchi futbolchiga aylanadi. Erling Holand 2022 yilda "shaharliklar" safiga qo'shilgan bo'lsa, akademiya tarbiyalanuvchisi sanalgan Oskar Bobb ham Norvegiya terma jamoasida o'ynagan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar