"Arriyadiyah" xabariga ko'ra, rahbariyat 21 yoshli kolumbiyalik futbolchini uning psixoemocional holati va texnik tayyorgarligi yomonlashgani bilan bog'liq shaxsiy sabablarga ko'ra ijaraga berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Manbaga ko'ra, Duran shaxsiy muammolar uning maydondagi barqarorligiga tasir qilganidan xavotirda. Shu bilan birga, futbolchining "Al Nassr"dagi maoshi yiliga 22 million dollar atrofida.
Duran Saudiya Arabistoni klubiga 2024 yilning yanvarida "Aston Villa"dan 77 million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsum u Saudiya Arabistoni chempionatida 13 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Shunga qaramay, hozircha uning ingliz klubiga qaytishi borasida muzokaralar olib borilmayapti.