"Qizilqum" - "So'g'diyona" 0:0
14 iyun 2025 yil. Navoiy, "Yoshlar" sport majmuasi. 20:00
Hakamlar: Timur To'xtasinov, Aleksandr Burov, Shavkat Rahmatov, Sardor Mirodilov
Nazoratchi: M. Ismoilov
VAR hakami: Ravshan Abdivahidov
AVAR hakami: Shohnur Yo'ldashev
Komissar: Mamur Sultonov
"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhomjon Vahobov, 5.Dilshodjon Komilov, 7.Davron Anvarov (20.Bobomurod Bozorov, 84), 8.Shaxzodbek Rahmatullaev, 10.Roman Papariga (17.Akmaljon Muzaffarov, 59), 15.Nikola Kumburovich, 19.Ilhomjon Kenjaev (18.Farhodbek Bekmuratov, 70), 23.Samandar Shukurillaev, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 88.Dushan Miyich
Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 6.Murodali Usmonov, 9.Humoyun Abdualimov, 33.Sulton Rahmatov, 71.Asadbek Baxshilloev, 78.Farruh Jo'raev
"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 7.Xondamir Mustafoqulov, 8.Suhrob Izzatov, 14.Lyupcho Doriev (5.Behruz Jumatov, 90+10), 19.Javohir Qahramonov, 28.Stanislav Andreev (17.Ehsoni Panshanbe, 60), 32.Nodirjon Soyibov, 77.Luka Jorjevich (9.Samandarjon Mavlonqulov, 55), 99.Umidbek Sultonov (2.Zoir Jo'raboev, 60)
Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 18.Oybek Nurmatov, 34.Dilshodbek Misiraliev, 42.Sardorbek Erkinov, 36.Inomjon Abdumajidov
Ogohlantirishlar: Islom Qobilov 90+1, Bobomurod Bozorov 90+3.
Chetlatish: Otabek Ahadov 90+9.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
90+11. O'yin tugadi. "Qizilqum" - "So'g'diyona" 0:0
90+10. O'zgarish. "So'g'diyona". Doriev o'rniga Jumatov tushdi
90+9. QIZIL KARTOCHKA. "So'g'diyona". Otabek Ahadov
90+7. Bosh hakam VAR yoniga bordi, Ahadov qizil kartochka olishi mumkin.
90+6. UXX! Maydon markaziga yaqin joyda Otabek Ahadov va Shahzod Rahmatullaev to'qnashuvida Shahzod jarohat oldi. Shifokorlar unga yordam berishdi.
90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shildi
84. O'zgarish. "Qizilqum". Anvarov o'rniga Bozorov tushdi
79. Zarba! Davron Anvarovning uzoqdan yo'llagan zarbasidan keyin Mitrovich to'pni qiyinchilik bilan egallab oldi!
75. ZARBAA! Lyupcho Dorievning taxminan 20 metrlardan yo'llagan kuchli va aniq zarbasidan keyin to'pni Quvvatov qaytardi, qaytgan to'pni Mavlonqulov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq
74. Zarba! Jumanqo'zievning to'p uzatishidan keyin Muzaffarov darvozaga zarba berdi, to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi
70. O'zgarish. "Qizilqum". Kenjaev o'rniga Bekmuratov tushdi
69. Zarba! Jumanqo'zievning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi
67. ZARBAAA! Rahmatullaev tomonidan uzatilgan to'pni Muzaffarov jarima maydoni ichidan darvozaga yo'lladi, Mitrovich to'pni ushlab oldi
60. O'zgarish. "So'g'diyona". Andreev va Sultonov o'rniga Panshanbe va Jo'raboev tushdi
59. O'zgarish. "Qizilqum". Papariga o'rniga Muzaffarov tushdi
57. Xavfli vaziyat! "Qizilqum"da jarima zarbasi, jarima maydoniga uzatilgan to'p Roman Paparigaga bordi, uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!
55. O'zgarish. "So'g'diyona". Jorjevich o'rniga Mavlonqulov tushdi
53. Zarba. Burchak to'pidan keyin Roman Papariga boshi bilan zarba berdi, noaniq
49. ZARBAA! Luka Jorjevichning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi aniq chiqdi, Quvvatov to'pni oyoqlari bilan qaytarib yubordi!
46. Ikkinchi taym boshlandi
45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 0:0
45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi
41. Zarba! "Qizilqum"da jarima zarbasi, Rahmatullaev uzatgan to'pni Papariga boshi bilan darvozaga yo'lladi, Mitrovich o'z o'rnida
36. Zarba! "So'g'diyona"ning hujumi Qahramonovning zarbasi bilan tugadi, ancha noaniq
31. Futbolchilar suv ichib olishdi
30. Samandar Shukurillaev jarohat oldi, shifokorlar unga yordam ko'rsatishmoqda
29. ZARBA! Mehmonlarning hujumi Nodirjon Soyibovning zarbasi bilan tugadi, Quvvatov to'pni ikkinchi urinishda ushlab oldi
26. Zarba! "Qizilqum"ning hujumi chap qanotdagi Ilhom Vahobovning kuchli zarbasi bilan tugadi, ancha noaniq
16. Xavfli vaziyatga o'xshash vaziyat. "So'g'diyona"ning o'ng qanotdan hujumi, Qahramonov uzatgan to'pni himoyachi qaytarib yubordi
15. O'yinning dastlab 15 daqiqasi ortda qoldi. Agar siz uchrashuv boshini o'tkazib yuborgan bo'lsangiz ishoning hech nima yo'qotmadingiz. Ikkala jamoa ham umuman hujum tashkil etishmadi. To'p faqat maydon markazida bo'ldi
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.