— Shunday shiddatli o'yin bo'lishini bilgandik. OKMKning "Neftchi" va "Nasaf"ga qarshi o'yinlarini kuzatib chiqqandik. Bu jamoada yosh va yaxshi ijrochilar borligini bilardik. Iloji boricha yakka kurashlarda yutqamaslik bo'yicha ko'rsatma bergandik. Yigitlarga rahmat, ko'rsatmamizni yaxshi bajarishdi. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi, ikkinchi bo'limda esa doim bo'lgani kabi OKMK o'yinga qo'shdi. Ustunlik raqibda, ammo omad biz tomonda bo'ldi.
— O'yindan oldin musobaqa peshqadamiga qarshi ko'rsatma qanday bo'lgandi?
— Qarshi hujumlarda o'z omadimizni sinab ko'rish uchun tayyorgarlik ko'rgandik. "Mashal" va "Nasaf"ga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida bunga tayyorgarlik ko'rgandik. Ammo, ushbu o'yinda qarshi hujumni yakunlaydigan hujumchilar etishmadi.
— Anvar Berdiev ketganidan so'ng ijobiy natijalarga, masalan ilk g'alaba va bugun safardagi qiyin uchrashuvda durangga erishildi. Siz bilan yangi shartnoma imzolandimi yoki yil boshidagi bitim bo'yicha ishlayapsizmi?
— Yil boshidagi shartnoma bo'yicha ishlayapmiz.
— Ilk davra nihoyasiga etmoqda, tanaffusda jamoa kuchaytiriladimi? Sababi ushbu o'yinchilar bilan chempionatda qolish qiyin masala.
— Yo'q, bizda yaxshi ijrochilar bor. Hujumda oqsayotganimiz sabab o'sha poziciyaga o'yinchi olamiz. Superligada qolishga harakat qilamiz.