"Nasaf" – "Navbahor" 1:0
15.06.2025, 20:00
Bosh hakam: Olim To'ychiboev
Yordamchi hakamlar: Husan Xudoyberdiev, Amal Sultanov
Zaxira hakami: Roman Irgashev
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR hakami: Abdurashid Xudayberganov
AVAR hakami: Alisher Rahimqulov
Komissar: Qudrat Madraimov
Gol: 1:0 – 77, Dragan Cheran (penalti)
"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov (28.Shuhrat Muhammadiev, 79), 10.Dragan Cheran (19.Stefan Cholovich, 84), 14.Sharof Muhiddinov, 18.Husayn Norchaev (99.Ruben Hebay, 64), 22.Igor Golban (6.Murod Rahmatov, 64), 77.Oybek Bozorov, 92.Umar Eshmurodov
Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 9.Javohir Sidiqov, 17.Suhrob Nurulloev, 24.Sardor Bahromov, 33.Bahodir Xalilov
"Navbahor": 1.Umid Ergashev, 7.Azim Ahmedov (15.Javohir Abdujabborov, 79), 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Shahzod Ubaydullaev (37.Alisher Odilov, 63), 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teidi, 17.Ruslan Jiyanov, 19.Mirzohid G'ofurov (33.Sergey Karpovich, 63), 36.Gelermo Gedesh, 70.Abbos G'ulomov (29.Pedro Augusto, 85), 99.Igor Gabriel
Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 4.Shahzod Toirov, 8.Shohmalik Komilov, 11.Po'latxo'jaXoldorxonov, 71.Navro'z Iminjonov
Ogohlantirish: Gelermo Gedesh (85)
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
O'yin yakunlandi.
90+4. Pedro Augusto chap oyoqda tepgan to'pni Nematov egallab oldi.
90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.
86. Hebayning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
85. "Navbahor" o'zgarishga qo'l urdi.
85. Gedesh maydon markazidagi qo'pollik uchun ogohlantirildi.
84. "Nasaf" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.
79. Ikkala jamoada bittadan o'zgarish bo'ldi.
77. GOL! Cheran o'zi ishlagan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi! "Navbahor" darvozaboni to'p yo'nalishini topdi, biroq zarbani qaytara olmadi.
VAR monitorida vaziyatni ko'rib chiqqan bosh hakam penalti belgilash qarorini o'zgartirmadi.
74. Cheran raqib jarima maydonida Igor Gabriel tomonidan yiqitildi. Hakam penalti belgiladi va VAR bilan muloqot qilmoqda.
72. "Navbahor"ning burchak uzatmasi xavfli tus oldi. Mezbonlar qiyinchilik bilan vaziyatni bartaraf etdi.
70. Bozorov tomonidan chap oyoqda yo'llangan zarba darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
65. Muhiddinov chap qanotdan chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, ammo unga aniqlik etishmadi.
64. Ikki jamoa tarkibida ikkitadan o'zgarish amalga oshirildi.
60. Mozgovoy tepgan to'pni Ergashev ushlab oldi.
58. Muhiddinovning jarimadan uzatmasi "Navbahor" darvozabonining qo'llariga borib tushdi. Uzatma amalga oshirilayotgan payt Cheran raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi, ammo VAR bilan maslahatlashgan hakam o'yinni davom ettirishga qaror qildi.
55. "Navbahor" standart vaziyat amalga oshirdi. Mozgovoy to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi.
52. Abdirahmatov Gedesh bilan to'qnashib ketdi.
49. "Navbahor" xavfli vaziyat sodir etdi, so'nggi lahzada "Nasaf" himoyachisi ishonchli harakat qildi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Taym yakunlandi.
45+2. Norchaev G'aybullaev uzatgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'yishga urindi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
45+1. Igor Gabrielga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. U o'z jarima maydonida Cheran bilan to'qnashib ketdi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
44. Ubaydullaevning zarbasi noaniq chiqdi.
44. Cheran ofsaydda qolib ketdi.
41. Bozorovning pasidan so'ng Cheran sirpangan holda zarba yo'lladi, shu bois uning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.
40. Abduvohid Nematov o'zi bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Ubaydullaevning zarbasini qaytardi. Qaytgan to'pni tepgan O'rinboevning urinishi esa o'ta noaniq ko'rinish oldi.
38. G'ofurovning raqib jarima maydonida bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.
35. "Navbahor"ning burchak uzatmasidan so'ng Jiyanovning bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
34. Jiyanovning o'ng qanotdan uzatmasini Abdirahmatov qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
31. Jiyanovning burchak uzatmasidan so'ng G'ulomov chalqancha uslubda zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.
30. Bozorov to'p bilan oldinga bordi va Cheranni raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi, ammo "Navbahor" himoyachisi ishonchli harakat qildi.
27. Cheran va Ahmedov o'rtasida kichik kelishmovchilik sodir bo'ldi. Hakam ularni xotirjamlikka chaqirdi.
26. Norchaev tomonidan pastlatib yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.
23. Umid Ergashev to'pni egallashda biroz qiyinchilikka duch keldi. Norchaev unga xalaqit qilishga urindi. Keyingi vaziyatda Ergashev yana shunday holatga duch keldi. Bu safar u Igor Gabriel bilan to'qnashib ketdi.
18. "Navbahor" jarima zarbasi ishlab oldi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni G'aybullaev autga chiqarib yubordi.
16. Ahmedov Eshmurodovdan "Zidan uslubi"da o'tib ketishga uringan payt qo'pollik bilan to'xtatildi.
13. Muhiddinovning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"dan o'tmadi.
12. Bozorovni Gedesh qoidabuzarlik evaziga to'xtatib qoldi. "Navbahor" jarima maydoni yonginasida standart vaziyat yuzaga keldi.
11. Ubaydullaevning chap qanotdan yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
8. Cheranning uzatmasi Norchaevning zarbasi bilan yakunlandi. Mezbonlar to'p raqib futbolchisining qo'liga tekkaniga ishora qilishmoqda. VAR penaltiga asos topmadi.
5. Dastlabki daqiqalarda xavfli hujum guvohiga aylanmadik. Mezbonlar kichik ustunlikka ega.
1. O'yinni mezbonlar boshladi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Nasaf" qizil, "Navbahor" ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.