Kataloniya klubi futbolchining shartnomasida belgilan qo'yilgan 62 million evro tovon pulini to'laydi. Futbolchining o'zi bilan esa 6 yillik shartnoma tuzadi. Ispaniya terma jamoasi azosining yillik maoshi 12 million evro bo'ladi.
Yakunlangan mavsum 22 yoshli futbolchi “Atletik“da 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 11 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.