"Manchester Siti" va O'zbekiston terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchilari reytingida uchinchi o'rinni egalladi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, 21 yoshli futbolchining transfer qiymati 35 million evroni tashkil etadi va u ayni damda Osiyoning eng qimmat 3-futbolchisi sanaladi.
Undan oldinda yaponiyalik vinger Kaoru Mitoma (40 mln evro, "Brayton"), koreyalik himoyachi Kim Min Jeni (40 mln evro, Bavariya) ko'rish mumkin.
Li Kan In, Son Xyon Min va Zion Suzuki kabi yulduzlar yangilangan reytingda Husanovdan pastroqda joylashgan.